Xyoness: «Xavertsni jamoada ko'rishni istardim, lekin bu yaqin orada bo'lmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 615
«Bavariya» sobiq prezidenti Uli Xyoness «Bayer» va «Manchester Siti» yarim himoyachilari: Kay Haverts hamda Leroy Sane transferi borasida fikr bildirdi.
«Biz chindan ham Xaverts bilan shartnoma imzolashni istardik. Ammo, ayni vaqtda futbolda kelgusi narxlar qanday bo'lishini bilmayman. Kayni «Bavariya»da ko'rishni istayman, lekin hozir buning iloji yo'q.
Yosua Kimmix, Niklas Zyule, David Alaba, Tiago Alkantara va Leroy Sanelar bilan yosh va ishonchli jamoaga ega bo'lamiz. Agar hammasi yaxshi o'tsa, «Bavariya»da yangi davr boshlanadi», — deya Xyonessning so'zlarini keltiradi «Sky Sports» nashri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!