PSJ bugun Ikardi transferini e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 548
PSJ bugun, 31 may kuni rasman «Inter» hujumchisi Mauro Ikardining transferini rasmiylashtiradi.
Kecha oqshomda tomonlar transferning so'nggi hujjatlari borasida kelishib olishdi, deya xabar berdi jurnalist Janluka Di Martsio.
Parij klubi 27 yoshli forvard uchun 50 mln va bonus sifatida 8 mln evro to'laydi.
Shartnoma 4 yilga mo'ljallanadi va Ikardi PSJ safida yiliga 8 mln evro maosh oladi.
To'satdan yakunlangan Liga 1ning joriy mavsumida Ikardi 20 o'yinda 12 ta gol hamda 3 golli uzatma qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!