Chicharito "MYu"ning "halokatli" xatosini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 925

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Xaver Ernandes (Chicharito) klubdagi muammolar haqida gapirdi. Meksikalik futbolchiga ko'ra, Aleks Fergyuson iste'foga chiqqandan so'ng darhol vahima boshlangan. Devid Moyesning tayinlanishi esa "halokatli" xato bo'lgan.
"Moyesga shaxsiy xusumatim yo'q, ammo aniqki, klub uni bosh murabbiylikka tayinlab, xatoga yo'l qo'ydi. Bu haligacha ta'sir qiladigan birinchi xatodir. Moyes yomon murabbiy emasdi, ammo klub u bilan tezda Fergyusonning o'rnini yopish mumkin, deb o'ylashdi.
Moyes haqidagi qaror esa keyin muammoga aylandi. Men, Rafael, Uelbek va boshqa ko'plab futbolchilar o'ynash uchun klubni tark etishga majbur bo'ldik", — dedi Ernandes.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216