FIFA: «Vaktsina ishlab chiqarilmaguncha testlar va ijtimoiy masofa futbolda qoladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 891
Evropaning ko'p mamlakatlari mavsumni qayta boshlash arafasida turganiga qaramay, FIFA hozirgi xavfsizlik choralari futbolda uzoq vaqtgacha saqlanib turishini aytdi.
«Vaktsina yaratilmaguncha futbol boshqacha bo'ladi. Koronavirus mahv etilmaguncha doimiy testlar, isitmalarni o'lchash, ijtimoiy masofa biz bilan qoladi.
Barcha federatsiyalar musobaqalarni qayta boshlashga mas'uliyat bilan yondoshishlari kerak. Barcha musobaqalar ozmi-ko'pmi xavf tug'diruvchi turnir maqomida qoladi», - deyiladi FIFA tarqatgan bayonotda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!