APLda muxlislar stadionlarga qachon qaytishi mumkinligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 768
Angliya premer-ligasi ijrochi direktori Richard Masters stadionlarga tomoshabinlarning kirishi uchun qachondan ruxsat berilishi mumkinligini aytdi.
"Tomoshabinsiz futbol formatidan qachon voz kechishimiz mumkinligini hech kim bilmaydi. Kutilmagan vaziyatlar uchun bizga reja kerak. Ammo muxlislar keyingi mavsumda stadionlarga qaytishi borasidagi optimizm bor. Bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi", - dedi Masters "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, APLda mavsum 17 iyun kuni davom ettiriladi. Mavsum oxirigacha stadionlarda tomoshabinlar kiritilmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!