Superliga 5 iyundan boshlanadimi? Diyor Imomxo'jaev javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 647
Professional futbol klublariga o'z o'quv mashg'ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashga ruxsat etildi.
SEOA xabarida, shuningdek, futbol uchrashuvlarini 5 iyundan boshlab davom ettirish mumkinligi ko'rsatilgan. Biroq bu Superliga uchrashuvlarini aynan shu sanadan boshlash shart ekanini bildirmaydi. Biz futbolchilar o'z formasini tiklab olishi, murabbiylar mavsum davomiga tayyorgarlik ko'rib olishi uchun vaqt beramiz. Bu jarohatlanish holatlari nisbatan kamroq bo'lishi hamda barcha masalalar puxta reja va tayyorgarlik bilan amalga oshirilishiga imkon beradi.
Diyor Imomxo'jaev.
Manba: Diyor Imomxo'jaev telegram kanaliFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!