"Barselona" Koutinoni APL klubiga taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 447

Football Insider nashrining xabariga ko'ra, "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni "Tottenxem"ga taklif qilgan. Kataloniyaliklar futbolchini "shporlar"ga ijaraga olishni taklif qilmoqda.
Avvalroq, futbolchi uchun kurashda "Chelsi" asosiy da'vogar bo'lib turgandi. Ammo "ko'klar" havbekni ijaraga olishdan ko'ra xarid qilish haqida o'ylamoqda.
Agar "Tottenxem" Koutinoni ijaraga olishga rozi bo'lsa, uning maoshini to'lashiga to'g'ri keladi. Uning maoshi xaftasiga 200 ming evroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi joriy mavsumni "Bavariya"da ijarada o'tkazmoqda. Mavsum so'nggida "Barselona"ga qaytadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183