Konor Makgregor: "Men MMA tarixidagi buyuk jangchiman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 990

Ikki vazn toifasifa UFC sobiq chempioni Konor Makgregor o'zini MMA tarixidagi buyuk yakkakurashchi deb hisoblashini aytdi.
«Menda nokautlar va tezkor nokautlar foiz ko'rsatkichi eng yuqori, UFC’da ham, boshqa promoushenlarda ham. Shuningdek, menda qolganlarga nisbatan sovrin ko'p va turli divizionlarda eng ko'p nokaut qayd etganman. Yana men tarixdagi buyuk jangchiman, jin ursin! Buni qabul qiling», — deya yozadi Makgregor.
31 yoshli Makgregor MMA’da 2008 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. U jami 26 ta jang o'tkazib, ularning 22 tasida g'alaba qozongan (19 tasi muddatidan avval) va 4 marta mag'lub bo'lgan. Konor UFC engil va yarim engil vazn toifalari sobiq chempioni hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239