Shatskix va Denisov jamoasi RPLda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 897

Rossiya milliy futbol ligasi g'olibi "Rotor" klubi kelasi mavsumda Premer-ligada ishtirok etmasligi mumkin. Bu haqda "Sovetskiy sport" nashri xabar tarqatdi.
Volgograndliklar rahbariyati jamoaning yuqori divizionda ishtirok etishdan bosh tortish masalasini muhokama qilmoqda. Bunga sabab sifatida jamoaning etarlicha homiylik mablag'lariga ega emasligi tilga olinmoqda.
"Rotor" davlat qaramog'idagi klub bo'lib, moliyaviy inqiroz tufayli jamoaning homiy tashkilotlari RPLda qatnashish uchun etarli pul ajrata olmaydi. Klub Premer-ligada ishtirok etishi uchun taxminan 20 mln. dollar miqdorida byudjetga ega bo'lishi kerak.
Eslatib o'tamiz, «Rotor» safida o'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov harakat qiladi. Shuningdek, O'zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Maksim Shatskix klub yordamchi murabbiyi hisoblanadi.

Bosh sahifaga
179