«Lester» ustozi Brendan Rodjers koronavirusga chalingani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 666
«Lester» klubi bosh murabbiyi Brendan Rodjers o'zi va turmush o'rtog'ida koronavirus aniqlanganini ma'lum qildi. Biroq ular hozirda kasallikni engib o'tgan.
«Mavsum to'xtatilishi bilan menda va ayolimda infektsiya borligi aniqlandi. Bir haftadan so'ng men haqiqatda kurashni boshladim, hid va ta'm bilmasdim. Kuchim qolmagan, xotinim ham shunday holatda edi, bu haqiqiy kurash edi.
Zo'rg'a yura olardim. Bu xuddi Kilimanjaro tog'iga chiqishga o'xshardi, qancha yuqori ko'tarilsangiz, nafas olish qiyinlashib boraveradi», — deya eslaydi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, mart oyida koronavirus sabab to'xtab qolgan Premer Ligada mavsum 17 iyundan boshlab davom etadi. «Lester» 29-turdan so'ng 53 ochko to'plagan holda 3-o'rinda bormoqda.