38 yoshli Acherbining «Inter»dagi sarguzashtlari yakuniga etmoqda

Himoyachi Franchesko Acherbi katta ehtimol bilan joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Inter»ni tark etadi.
Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, 38 yoshli futbolchi shu yozda Milan klubi bilan xayrlashishga tayyor. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida nihoyasiga etadi, biroq tomonlar yangi kelishuv imzolash niyatida emaslar.
Franchesko Acherbi 2023 yilda «Latsio»dan «Inter» safiga 4 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda himoyachi Milan klubi safida barcha turnirlarda 21 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portali Acherbining bozor qiymatini 2,5 million evroga baholamoqda.