«Yuventus» Pedro bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 676
«Yuventus» klubi «Chelsi» hujumchisi Pedro bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqmoqda.
"Il Tempo" tarqatgan xabarga ko'ra, turinliklar bosh murabbiyi Mauritsio Sarri ispaniyalik futbolchini jamoa safiga qo'shib olishni istamoqda. Mutaxassis o'tgan mavsumda «Chelsi» boshqaruvida Pedro bilan birga ishlagan.
Shuningdek, 32 yoshli futbolchiga «Roma» va Xavi boshqaruvidagi Qatarning «As-Sadd» klublari da'vogarlik qilishmoqda.
Pedroning «Chelsi» bilan shartnomasi ushbu mavsum so'ngida oxiriga etadi. Joriy mavsumda u "ko'klar" safida barcha musobaqalar doirasida 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!