EChLning hal qiluvchi bosqichi Germaniyada o'tkazilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 676
UEFA Chempionlar ligasi 2019/2020 yilgi mavsumi mart oyida pandemiya sababli to'xtatilgandi. Endi musobaqa «to'rtlar finali» formatida oxiriga etkazib qo'yilishi mumkin, deya xabar bermoqda "Goal Italia" nashri.
So'nggi haftada hal qiluvchi o'yinlarni Evropaning top-5 chempionatlari orasida birinchi bo'lib qayta tiklangan Germaniyada bo'lishi muhokama qilindi.
Aslida joriy mavsum final uchrashuvi Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkazilishi kerak edi. Ammo, Turkiya insonlar salomatligiga kafolat bera olmasligi mumkin.
UEFA Chempionlar ligasini 31 avgust kuni yakunlashni rejalashtirmoqda. 1/8 final bosqichi doirasidagi qolgan o'yinlar 7-8 avgust, chorak final uchrashuvlari 13-14 avgust kunlari bir o'yin formati orqali neytral maydonda o'tishi lozim.
Ma'lum bo'lishicha, ko'plab klublar hattoki chorak final o'yinlarini ham Germaniyada o'tishini afzal ko'rishgan.
«To'rtlar finali» formati boshqa sport turlarida, masalan, basketbol va qo'l to'pida ham qo'llanilmoqda.
Buning mohiyati shundaki, to'rt jamoa o'rtasidagi hal qiluvchi o'yinlar, bir necha kun ichida olimpiya tizimi bo'yicha oldindan belgilangan shaharda, bir o'yinli formatda o'tkaziladi.