Igalo 75 millionlik shartnomadan voz kechmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 471
Huquqiy jihatdan Xiitoyning «Shanxay Shenxua» klubiga tegishli bo'lgan Odion Igalo jamoasi taklif qilayotgan supershartnomadan voz kechmoqchi. «Shanxay» klubi Igalo uchun yiliga 25 million funt to'lamoqchi. Bu haqda Daily Star xabar bermoqda.
Xitoy klubi 30 yoshli hujumchi bilan 3 yillik shartnoma tuzmoqchi. Biroq, Igaloni xitoyliklarning katta mablag'lari aqldan ozdira olmayapti. U «Manchester Yunayted» klubida qolishni afzal ko'rmoqda.
Igaloning ijara shartnomasi 31 may kuni yakuniga etadi, biroq, Igalo «mankunianlar» tarkibida kamida mavsum yakunigacha o'ynamoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!