Villianning transferidan kim bosh tortdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 365
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Chelsi»ning braziliyalik futbolchisi Villian bilan birga ishlash niyatida emas.
Shu yilning yozida Villianni «Chelsi» bilan tuzgan shartnomasi o'z yakuniga etadi va futbolchi erkin agentga aylanadi.
Villianning agenti o'z mijozi xizmatini «Real» klubiga tavsiya qildi. Avvaliga, «qaymoqranglilar» futbolchini erkin agent sifatida qo'lga kiritishlari mumkinligiga qiziqishgandi, biroq, Zidan futbolchining o'yin uslubi va yoshi «Real» klubiga mos kelmasligini bildirdi.
Qayd etilishicha, Villianning agenti hozirda «Tottenxem» va «Arsenal» klublari bilan muzokara olib bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!