Ana xolos! Evropaning bir klubi karantin qoidasini buzgani uchun 6 ochkodan mahrum etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 460
Avstriya chempionatining etakchi klubi LASK koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy masofani saqlash qoidalarini buzgani uchun olti ochkodan mahrum qilindi. Bu haqda avstriya bundesligasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ikki hafta oldin Avstriya klublariga kichik guruhlarda mashg'ulot o'tkazish uchun ruxsat berilgandi, biroq LASK klubi mashg'ulotlarni umumiy tarzda o'tkazdi.
Shuningdek, LASK klubi 75 ming evro jarimaga ham tortildi. Klub bu holat uchun kechirim so'radi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!