Rasman. Turkiya chempionatining qayta boshlanish sanasi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 886
Turkiya futbol federatsiyasi mavsumni qayta boshlanish sanasini ma'lum qildi. Chempionat 12 iyun kuni ikkita bahs bilan boshlanadigan bo'ldi.
Uchrashuvlarga tomoshabinlar kiritilmaydi. Jamoalar beshtagacha o'yinchi almashtirish imkoni beriladi.
Turkiya superligasida «Trabzonspor» va «Bashakshehir» klublari 53 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Evropa chempionlar ligasi finali Istanbul shahrida bo'lib o'tadi. Shuning uchun Turkiyada vaziyatning normallashishi UEFA uchun muhim ahamiyatga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!