Italiya kubogi finali 17 iyun kuniga belgilandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 695
Italiya chempionati 20 iyun sanasidan qayta davom ettirilishi haqida ma'lumot berib o'tgan edik. Ungacha esa Italiya kubogi musobaqasi yakunlanadi.
Yarim finalning javob uchrashuvlari 13 iyun kuni bo'lib o'tadi. Karantin bilan bog'liq tanaffusga qadar dastlabki o'yinda "Napoli" "Inter"ni mag'lub etgan bo'lsa (1:0), "Yuventus" "Milan" bilan durang o'ynagan edi (1:1).
Final esa 17 iyun kuni bo'lib o'tishi kutilmoqda. Hal qiluvchi uchrashuv Rimdagi "Olimpiko" stadionida o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!