Jaloliddin Masharipov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 652

"Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Unga "Trabzonspor" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Tvitterdagi "Asian football writer" sahifasi xabar tarqatdi.
"Jaloliddin Masharipov "Trabzonspor"ga o'tishi mumkin. Ushbu transfer "Paxtakor"dagi ikki yillik ajoyib mavsumdan so'ng futbolchi uchun sovg'a bo'lar edi", deya ma'lumot tarqatdi Tvitterdagi akkaunt.
Ma'lumot o'rnida. "Trabzonspor" klubi to'xtab qolgan Turkiya chempionatining 26-turidan keyin 53 ochko bilan jadvalda peshqadam bo'lib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284