Kutib oling! APLda mavsumning qayta boshlanish sanasi rasman tasdiqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1008
Angliya premer-ligasi mavsumning qayta boshlanish sanasini tasdiqladi. Avvalroq matbuotda ma'lum qilinganidek, chempionat 17 iyun, chorshanba kuni qoldirilgan 2ta bahs bilan boshlanadi.
O'sha kuni muxlislar "Manchester Siti" - "Arsenal" va "Aston Villa" - "Sheffild Yunayted" o'yinlariga guvoh bo'lishadi.
30-tur uchrashuvlari esa 19 iyun, juma kunidan boshlanadi.
Shuningdek, o'yinlar belgilanadigan vaqtlar ham ma'lum qilindi (Toshkent vaqti bilan):
Juma: 00:00
Subbota: 16:30, 19:00, 21:30 va 00:00
Yakshanba: 16:00, 18:00, 20:30 va 23:00
Dushanba: 00:00
Seshanba, chorshanba, payshanba: 22:00 va 00:00.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!