Ronaldu mavsum so'ngida «Yuventus»ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2258

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ushbu mavsum so'ngida jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Petro Baltsano Prota tarqatgan xabarga ko'ra, 35 yoshli futbolchi jamoani tark etishga qaror qilgan. Buning sababi esa ma'lum qilinmadi.
Ronaldu 2018 yilning yozida "Real"dan "Yuventus"ga ko'chib o'tgan edi. Uning turinliklar bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Portugaliyalik futbolchi ushbu mavsumda "keksa sinora" safida barcha musobaqalar doirasida 32ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol urdi va 9ta golga uzatma berdi.
Yaqinda Ronaldu o'zini futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb atagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318