Manba: La liga o'yinlari faqat kechasi o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 931

Ispaniya La ligasi mavsumning qolgan qismini o'tkazish uchun turli strategiyalarni ishlab chiqmoqda. Avvalroq Xaver Tebas chempionat 11 iyun kuni qayta boshlanishini ma'lum qilgan edi.
Turli manbalar tarqatgan xabarga ko'ra, uchrashuvlar 35 kun davomida har kuni uzluksiz ravishda o'tkazilishi kutilmoqda.
"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Ispaniya sog'liqni saqlash vazirligi issiq ob-havo tufayli futbolchilarning organizmida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan suvsizlikning oldini olish maqsadida o'yinlarni mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti bilan 22:30)dan erta boshlamaslikni tavsiya qilmoqda.
Shuningdek, La liga o'yinlari fanatlar shovqinlari ostida translyatsiya qilinishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
316