Dibala Argentinadagi shifoxonaga xayriya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 737
«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala o'zi tug'ilib o'sgan Argentinaning Kordova provintsiyasida joylashgan shifoxonalarga koronavirusga qarshi kurashish uchun 160.000 evro xayriya qildi.
"Ushbu mablag' Rouson, San Roke va Florensio Dias shifoxonalariga kerakli vositalarni sotib olish uchun yo'naltirildi. Kerakli jihozlar allaqachon xarid qilingan bo'lib, ular bir necha kunlardan so'ng aytilgan joyga etkazib beriladi. Paulo Kordova provintsiyasi vaziri bilan aloqada bo'lib turibdi", — deya hujumchining akasi Gustavoning so'zlarini keltiradi "La Gazette dello Sport" nashri.
Joriy mavsum 26 yoshli Dibala «Yuventus» safida 34 uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 12 assist qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!