"Inter" "Barselona" bilan futbolchi almashtirmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 695

Italiyaning "Inter" klubi sport direktori Pero Osilioning aytishicha, Lautaro Martines borasida "Barselona" bilan hech qanday futbolchini almashtirish borasida kelishuvga erishmaydi va argentinalik futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulini 15 iyulgacha to'lab berishlari kerak.
"Lautaro sotilmaydi. To'g'ri, unga "Barselona" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda va bizni ular bilan iliq munosabatlarimiz bor, biroq, biz kataloniyaliklarni hech qanday kelishuvni amalga oshirmasligimizni hamda Lautaroni 111 million evroga sotishimiz haqida ogohlantirdik. Agar «Barselona» yoki istalgan klub hujumchimizni sotib olmoqchi bo'lsa, marhamat qilib 111 million evroni to'lab qo'ysin", — dedi Osilio Sky Sport Italia bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
193