Kilian Mbappe qaysi musobaqalarda g'olib chiqmoqchi ekanini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 451
"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Kilian Mbappe yaqin yillar ichida qaysi musobaqalarda g'olib chiqish niyati borligini aytib o'tdi.
"Kelasi yili bizda Evropa chempionatida g'olib chiqish uchun imkoniyat mavjud. Biz g'alabaga harakat qilamiz. Maqsadim — EVROda g'alaba qozonish hamda Chempionlar ligasida g'alaba qozona oladigan jamoaning bir qismiga aylanish. Bu ajoyib ish bo'lardi", - dedi Mbappe "Mirror" nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida. 21 yoshli Mbappe faoliyati davomida Frantsiya chempionatida g'olib chiqqan va jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!