Xoland hakam bilan to'qnashuvda jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 834

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland Germaniya chempionatining 28-turi doirasida bo'lib o'tgan «Bavariya»ga qarshi o'yinda (0:1) jarohat oldi.
19 yoshli futbolchi bosh hakam Tobias Shtiler bilan to'qnashuv oqibatida jarohat oldi. Bahsning 69-daqiqasida referi markaziy aylana ichida ortga qarab harakatlanish paytida norvegiyalik futbolchining oyog'ini bexosdan bosib oldi.
«Ayntraxt» klubi sobiq hujumchisi, hozirda "Viasport" telekanali eksperti bo'lib ishlayotgan Yan-Oge Fortoftning tvitter orqali xabar berishicha, Xoland tizzasida og'riq his qilgani uchun o'zini almashtirishlarini so'ragan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190