APLda testning uchinchi bosqichida 4ta koronavirusga chalinish aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 805

Angliya Premer-ligasi koronavirusga o'tkazilgan testning uchinchi bosqichida 4 kishida infektsiya aniqlanganini ma'lum qildi. Ular 3ta klubning vakillari ekani ham aniq bo'ldi.
Uchinchi bosqichda futbolchilar, murabbiylar va klublar xodimlari — jami 1008 kishi testdan o'tkazildi. Koronavirus aniqlangan kishilar 7 kunlik karantin muddatini o'tashadi.
APLda 3ta bosqichdan so'ng jami 12 kishida infektsiya aniqlandi (birinchi bosqichda — 6ta, ikkinchi bosqichda — 2ta va uchinchi bosqichda — 4ta). Yana bir nechta kundan keyin to'rtinchi bosqich testlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174