Osiyoning eng qimmat futbolchilari e'lon qilindi. Shomurodov top-20 dan o'rin oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 587

Germaniyaning Transfermarkt portali Osiyoning eng qimmat futbolchilari ro'yxatini e'lon qildi.
Unga ko'ra, «Tottenhem» klubi va Janubiya Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Hyon Min yaqqol ustunlik bilan peshqadamlik qilmoqda. 27 yoshli chap qanot vingerining narxi 64 million evroga teng.
Ikkinchi o'rindan «Portu»ning yaponiyalik hujumchisi Shoya Nakajima (16 million evro) o'rin olgan bo'lsa, Eron terma jamoasi va «Zenit» klubi forvardi Sardor Azmun (14,5) kuchli uchlikka yakun yasagan.
Top-10 dan jami besh nafar yaponiyalik, uch nafar koreyalik, bir nafardan fors va xitoylik futbolchi o'rin oldi.
O'zbekistonning eng qimmat futbolchisi Eldor Shomurodov ro'yxatning 18-pog'onasidan joy olgan. «Rostov» hujumchisi 5,2 million evroga baholangan.
Eng qimmat osiyolik futbolchi o'nligi bilan tanishing:
1. Son Hyon Min («Tottenhem», Janubiy Koreya) — 64 million evro
2. Shoya Nakajima («Portu», Yaponiya) — 16
3. Sardor Azmun («Zenit», Eron) — 14,5
4. Takefusa Kubo («Malorka»/«Real», Yaponiya) — 13,5
5. Li Kan In («Valensiya», Janubiy Koreya) — 13,5
6. Takehiro Tomiyasu («Bolonya», Yaponiya) — 13,5
7. Hvan Hi Chan («Zaltsburg», Janubiy Koreya) — 10
8. Takumi Minamino («Liverpul», Yaponiya) — 10
9. Daichi Kamada («Ayntraxt», Yaponiya) — 8
10. Vu Ley («Espanol», Xitoy) — 8.
...
18. Eldor Shomurodov («Rostov», O'zbekiston) — 5,2.

Bosh sahifaga
175