"Bavariya" futbolchisi La Ligaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 825
"Atletik Bilbao" klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Xavi Martinesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda La Razon nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Bilbao klubi futbolchi uchun 4,5 million evro to'lashga tayyor. Shuningdek, Martinesni "Xetafe" ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Martines "Bavariya"ga o'tishdan avval "Atletik" sharafini himoya qilgan. 2012 yildan buyon u myunxenliklar safida to'p tepib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!