"Napoli" "Everton" taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 773
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis yarim himoyachisi Allanni "Everton"ga sotishni xohlamadi. Bu haqda Il Mattino xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "irislar" futbolchi uchun 45 million evro taklif qilgan. Neapolliklar esa Allan transferidan 70 million evro ishlab olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Allan joriy mavsum 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!