Afrika kubogi-2021 bir yil keyinga suriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 730
42
2021 yilda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Afrika millatlar kubogi musobaqasi koronavirus pandemiyasi tufayli bir keyinga ko'chiriladi.
RMC tarqatgan xabarga ko'ra, Afrika futbol konfederatsiyasi yaqin haftalar ichida o'z qarorini e'lon qilishi kerak. Rejaga ko'ra, musobaqa 2021 yilning yanvar oyida Kamerunda o'tkazilishi kerak edi. Endi turnir 2022 yilning yanvar oyida bo'lib o'tadi.
Afrika kubogining amaldagi g'olibi Jazoir terma jamoasi hisoblanadi. Jazoirliklar 2019 yilda Misrda o'tkazilgan turnirda sovrinni qo'lga kiritishgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207