"Nyukasl" ikki futbolchi bilan muzokara o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1102
"Nyukasl" rahbariyati "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino va "Manchester Siti" himoyachisi Jon Stouns bilan muzokara o'tkazdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Ma'lumot uchun, Koutino joriy mavsumni "Bavariya"da ijara asosida o'tkazmoqda. Myunxenliklar uni sotib olmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, yaqin vaqt ichida "Nyukasl" arab shayxlari qo'liga o'tishi kutilmoqda. Yangi rahbariyat yozgi transfer vaqtida 200 million funt sarflamoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!