Mateo Kovachich Lempard haqida qanday fikrda?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 607

Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Mateo Kovachich jamoa bosh murabbiyi Frank Lempard haqida fikr bildirdi.
— Biz Mauritsio Sarri qo'l ostida ajoyib mavsumni o'tkazdik va Evropa Ligasini qo'lga kiritdik. Lempard jamoani qabul qilib olishi bilanoq, uning dastlabki kunlaridan ishlaridan qoniqish hosil qila boshladik. Menga uning mashg'ulotlari yoqdi, chunki, uning berayotgan vazifalari haqiqatdan ham og'ir. Menga uning xarakter i yoqdi va jamoa bilan munosabati ma'qul keldi. O'ylaymanki, men undan ko'p narsalarni o'rgandim, chunki, menga etishmayotgan masalalarda juda yaqindan yordam bermoqda. U yaxshi murabbiy va ajoyib inson, — dedi Kovachich o'zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226