Ana xolos! Gaiti futboli rahbari 90 kunga futboldan chetlatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

FIFA Gaiti futbol Federatsiya rahbari Iva Jan-Bartni futbolga aloqador barcha lavozimlardan 90 kunga chetlatdi, deya xabar bermoqda tashkilot rasmiy sayti.
FIFAning ahloq kodeksidagi 84 va 85 moddalariga asosan, Jan-Bart 90 kun mobaynida futbolning barcha lavozimlaridan chetlatilib turiladi.
The Guardian nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, amaldor mamlakat ayollar terma jamoasi a'zolariga nisbatan jinsiy zo'ravonlikda ayblanmoqda.
Jan-Bart Gaiti futbol Federatsiyasini 2000 yildan beri boshqarib kelmoqda. U 2016 yili bo'lib o'tgan saylovda g'olib chiqib, yana besh yilga saylangandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225