«Barselona» yarim himoyachisi o'z kelajagiga oydinlik kiritib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381

Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Artur Melo o'z kelajagi borasida bir to'xtamga keldi.
«Mish-mishlar har doim mavjud, biroq, meni qiziqtirayotgan yagona variant – «Barselona»da qolish.
O'zimni bu erda juda yaxshi his qilyapman, jamoadan va murabbiylar shtabidan minnatdorman. Katta klublarning qiziqishi doim yoqimli bo'ladi, lekin men «Barselona» tarkibida uzoq yillar mobaynida o'ynashni xohlayman. Men bu erda har doim bo'lishni xohlayman», – dedi Artur ESPN bilan suhbatda.
Avvalroq, «Barselona» Arturni «Yuventus» yarim himoyachisi Miralem Pyanichga almashtirish istagida ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181