Kabalero: «Gvardiola bilan ishlash - universitetda dars olishga o'xshaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186

Argentinalik darvozabonga ispaniyalik mutaxassis bilan birga ishlash yoqadi.
Londonning «Chelsi» klubi darvozaboni Villi Kabalero Pep Gvardiola bilan birga «Manchester Siti» klubida ishlagan davrlarini xotirladi.
«Gvardiola bilan birga ishlash xuddi universitetda dars olishga o'xshayji. Men u bilan «Manchester Siti»da bir yil ishladim va har kuni bitta yangilik o'zlashtirardim.
Maydonda bo'lsang ham, mashg'ulotlarda ham, o'yinlarni tahlil qilayotganimizda ham, maydon tashqarisidayam u doim nimanidir o'rgatadi.
U 34 yoshli odamga xuddi 18 yoshli bolakayga tushuntirgandek tushuntiradi. U ajoyib o'qituvchi», – Kabaleroning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183