Habib Nurmagomedov koronavirusga test topshirishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Moskvada koronavirusga test topshirishdan bosh tortdi. Bu haqda Mash xabar bermoqda.
Yakkakurashchining otasi Abdulmanap Nurmagomedovda koronavirus aniqlangandi. Avvalroq uning holati yomonlashgan va murabbiy Moskvadagi harbiy shifoxonaga olib kelingandi.
Habibga to'liq tibbiy ko'rikdan o'tishni va COVID-19 virusiga test topshirishni taklif qilishgan, biroq u bor e'tiborni otasiga qaratishlarini iltimos qilgan.
Hozirda katta Nurmagomedovning ahvoli og'ir bo'lib turibdi. Avvalroq buni Habibning o'zi ham tasdiqlagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178