Rossiyalik 15 yoshli figurachi Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269

Figurali uchish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi ikki karra jahon chempioni rossiyalik Aleksandra Trusova yana bir bor Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Sportchi bir sakrashda havoda flip mashqini 4 bor bajara olgan birinchi birinchi ayol sportchilardan bo'ldi.
Trusova bu mashqni 2019 yilning 7 dekabr kuni yakuniy Gran-pri turnirida bajargan edi. Ta'kidlash joiz, bu 15 yoshli sportchining uchinchi bor rekordlar kitobidan joy olishi bo'ldi. Sasha bungacha tulup va lutts mashqlarini ham 1 sakrashda 4 martadan ijro eta olgan.
Kelasi oy 16 yoshni qarshi oladigan ushbu yosh yulduz kelajakda figurali uchish sportining eng yorqin vakilalaridan bo'lishi va yana bir qator rekordlarni yangilashi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181