«Klopp, balki uni vanihoyat «Liverpul»ga olib ketarsan?»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 796

«Maynts» klubi matbuot xizmati Bundesliga 27-turida «Leyptsig»ga qarshi kechgan o'yindagi (0:5) mag'lubiyatga munosabat bildirdi.
Timo Verner Maynts shahri klubiga qarshi o'yinda uchta gol urdi. Mazkur jamoalarning birinchi davradagi to'qnashuvida (0:8) ham Verner het-trik muallifiga aylangandi.
Uchrashuvdan so'ng jamoa matbuot xizmati «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppga murojaat qildi.
«Maynts» bir mavsumda ikki bor het-trik qayd etgan Vernerni yomon ko'rishi kerakligi haqidagi tvitga klub rasmiy Twitter akkaunti quyidagicha javob bergan: «Klopp, balki uni vanihoyat «Liverpul»ga olib ketarsan?».
Avvalroq «Liverpul» Verner xizmatlariga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Klopp esa faoliyatining avvalida «Maynts»da ishlagan. Nemis mutaxassisi 2001—2008 yillar davomida jamoa bosh murabbiyi bo'lgan.

Bosh sahifaga
185