Timo Verner Bundesligada XXI asr rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 828
«Leyptsig» hujumchisi Timo Verner Germaniya Bundesligasi 27-turidan o'rin olgan «Maynts»ga qarshi kechgan bahsda (5:0) het-trik qayd etdi.
24 yoshli futbolchi Bundesliga 1998/99 yilgi mavsumidan buyon ilk bor bir mavsumda bitta jamoa darvozasiga ikki o'yinda ham uchtadan gol urgan birinchi futbolchi bo'ldi. «Maynts»ga qarshi kechgan birinchi davradagi o'yinda (8:0) Verner uchta gol urgandi.
Vernerga qadar Bundesligada ushbu natijaga uch nafar futbolchi erisha olgan: Ulf Kirsten 1998/99 yilgi mavsumda «Borussiya M»ga qarshi o'yinlarda, Gerd Myuller 1974/75 yilgi mavsumda «Fortuna»ga qarshi o'yinlarda va Lotar Emmerix 1965/66 yilgi mavsumda «Borussiya M»ga qarshi o'yinlarda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!