Lautaro Martines «Inter» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 331
Argentinalik hujumchi Lautaro Martines "Inter"da qolmoqchi emas.
"Calciomercato" tarqatgan xabarga ko'ra, "neradzurri" 22 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan. Ammo, hozirgiga nisbatan ko'proq maosh taklif etilganiga qaramay, Martines kelishuvni uzaytirishdan bosh tortgan.
Lautaro "Barselona"ga o'tish uchun shunday yo'l tutgani aytilmoqda. Argentinalik o'yinchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Eslatib o'tamiz, Lautaro Martines Italiya chempionatining 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 11ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!