BATE Belarus kubogini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348
Bugun Belarus kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda BATE va Brestning «Dinamo» klublari to'qnash kelishdi.
Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmadi. Barcha penaltilar seriyasini kutayotgan paytda qo'shimcha bo'limga qo'shib berilgan daqiqada esa Volkov tomonidan urilgan gol BATEga g'alaba keltirdi.
Shu tariqa, borisovliklar 4 karra Belarus kubogi sohibiga aylanishdi.
Belarus kubogi, final
BATE – Dinamo Brest 1:0 (0:0, 1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 120+1 Volkov.
BATE – Chichkan, Filipenko (Kopitovich, 43), Filipovich, Nastich, Volkov, Nexaychik (Milich, 65), Stasevich, Baga (Villumsson, 90), Dragun, Yablonskiy, Skaviish.
Dinamo Brest – Ignatovich, Vitus (Veretilo, 90), Pavlovets, Kiki, Milevskiy (Krivets, 90), Gordeychuk (Laptev, 70), Kislyak, Noyok, Savitskiy, Biikov, Yuzepchuk.
Ogohlantirishlar: Noyok (82), Kislyak (86), Kiki (90), Baga (90), Kopitovich (90).