Verner shaxsiy rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 400

Germaniya chempionatining 27-turi doirasida «RB Leyptsig» klubi safarda «Maynts» mehmoni bo'lmoqda (ikkinchi bo'limda hisob — 0:4). Mehmonlar hujumchisi Timo Verner ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, 24 yoshli futbolchining ushbu mavsumda Bundesligadagi gollari soni 23taga etdi. Verner Germaniya chempionatidagi gollari soni bo'yicha shaxsiy rekordini yangiladi. Avvalroq u bitta mavsumda 21tadan ortiq gol urmagan edi.
Timo to'purarlar poygasida «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskidan (27ta gol) keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241