Dastin Porening navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 753
UFC’ning engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Pore navbatdagi jangini 27 iyun kuni Las-Vegasda (AQSh, Nevada) o'tkazadigan bo'ldi.
Porega ushbu jangda Den Huker raqiblik qiladi. Ular o'rtasidagi to'qnashuv 27 iyun kuni o'tadigan UFC kechasining asosiy jangi bo'ladi. Qayd etish joiz, Pore va Huker aslida 16 may kuni San-Diegoda UFC Fight Night 175 musobaqasi doirasida jang qilishi lozim edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab ushbu jang bekor qilingan.
Eslatib o'tamiz, Dastin Pore o'zining so'nggi jangida Habib Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqib, muddatidan avval mag'lub bo'lgandi. Huker esa so'nggi jangida ochkolar evaziga Pol Felderni taslim qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!