Venger: «Liverpul»ning mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasiga barham berilganida engil tortdim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351
«Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger «Liverpul»ning Angliya premer-ligasidagi mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi uzilib qolganidan qoniqish hosil qilganini aytdi.
Mersisaydliklar ketma-ket 44ta mag'lubiyatsiz o'yindan keyin 1 mart kuni «Uotford»ga imkoniyatni boy berishdi (0:3). Bu borada rekord «Arsenal»ga tegishli bo'lib, kanonirlar Venger boshqaruvida 2003/2004 yilgi mavsumda APL doirasida ketma-ket 49ta o'yinda yutqazmagan edi.
«Liverpul»ning «Uotford»ga qarshi o'yindagi mag'lubiyati? Ha, engil tortdim. Biz bu borada yagona jamoa bo'lishni istagan edik. «Liverpul» haqiqatan ham ushbu natijani takrorlashi mumkin edi. Ularning mag'lubiyati shuni ko'rsatadiki, bu juda og'ir ish. Har qanday holatda ham «Liverpul» mag'lub bo'lgani uchun «Arsenal» muxlislaridan ko'p xabarlar oldim», — dedi Venger.