"Yuventus" Villian nomzodiga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 303
Turinning "Yuventus" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Villian nomzodiga qaytdi. Bu haqda La Gazetta del Calcio nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi "Chelsi"ni erkin agent sifatida tark etsa, "keksa sinoralar" u bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi.
Eslatib o'tamiz, Villianga shuningdek, "Arsenal" va "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!