Sancho «Borussiya» rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 864
Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho Germaniya chempionatining 27-turi doirasida «Volfsburg»ga qarshi o'yinda (2:0) golli uzatmani amalga oshirdi.
Shu tariqa, 20 yoshli futbolchining ushbu mavsumda 25ta o'yinda amalga oshirgan assistlari 16taga etdi. «Borussiya» matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, bu klub tarixidagi yangi rekord hisoblanadi.
Sancho, shuningdek, Bundesliganing ushbu mavsumida «gol+pas» tizimi bo'yicha 30 ochko jamg'argan ilk futbolchiga aylandi. Uning hisobida 14ta gol va 16ta uzatma mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!