Rasman. Gyottse «Borussiya»ni tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 613

Dortmundning «Borussiya» klubi sport direktori Mixael Tsork yarim himoyachi Mario Gyottse jamoani tark etishini tasdiqladi.
«Gyottse bilan hamkorligimiz yozda yakunlanadi. O'zaro suhbatdan keyin shunday qarorga keldik. Mario – juda yaxshi yigit», – dedi funktsioner "Sky Sport Deutschland"ga bergan intervyusida.
Avvalroq germaniyalik yarim himoyachi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi. Unga «Milan», «Latsio» va «Roma» klublari qiziqish bildirishmoqda.
Gyottse Bundesliganing ushbu mavsumida 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi. Jamoa bosh murabbiyi Lyusen Favr futbolchining o'yin uslubi «Borussiya» sxemasi to'g'ri kelmasligini aytgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
141