So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Yaralangan qush hamon uchmoqda!!!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29761
Maqolning nomi aynan shu jamoa haqida! Bu qadrdon -«Nasaf» jamoasi!
Qarshi shahrinig jamoasi so'nggi besh yilda uncha-buncha jamoa qila olmaydigan ishlarni amalga oshirmoqda… Keling, mavzu boshida mana bu ro'yxatga e'toboringizni qaratamiz:
Eldor Suyunov, Golban, Artur Gevorkiyan, Farruh Sayfiev, Shuhrat Muhammadiev, Dilshod Rahmatullaev, Baxrom Abdurahimov, Sherzod A'zamov, Dragan Cheran, Shoxruh Gadoev…
Bu ro'yxatni yana davom ettirishimiz mumkin edi. Men shunchaki, maqolaga nima uchun bunday nom tanlanganiga qisqacha izoh berib o'tdim holos. Yaqin 3-4 yil ichida shuncha yo'qotishlarga uchragan jamoa bu futbolchilarning o'rnini yoshlar bilan shunday to'ldirdiki, muxlislar ketgan futbolchilarni deyarli eslashmadi. Bu murabbiylar shtabi va akademiyaning yuqori saviyada ishlayotganidan dalolat. Shunchaki, qoyil qolmasdan iloji yo'q. Deyarli har yili jamoani mavsum so'ngida kamida 5 ta kuchli o'yinchi tark etmoqda. Lekin «Nasaf» huddi hech narsa bo'lmagandak oldinlashda davom etmoqda. Ming afsuslar bo'lsinki ,eng mehnatkash klubimiz bu mavsum homiy bilan muammolarga o'ralashib qoldi natijada deyarli ichki chempionatda ishtirok etmadi hisob. Shunda ham «Nasaf» bu yil yomon o'yin ko'rsatmadi. Poytaxt klublariga trampling vazifasini o'tayotgan «Nasaf» o'z odatiga sodiq qolgan holda yangi nomlarni o'zbek futboliga etkazib berdi:
Aziz G'aniev, Odil Hamrobekov, Bobur Abduxoliqov, Kenjaboev, G'aybullaevlar shular jumlasidan. Mana shu futbolchilarni proffessional darajaga olib chiqayotgan Ro'ziqul Berdiev ham og'ir vaziyatda jamaosini tashlab ketmagani tahsinga sazovor. Unga takliflar bo'lishiga qaramasdan Qashqadaryoning er o'gloni o'z jamoasi bilan qoldi. Shuncha muammolar ostida qolishiga qaramasdan qadrli,sadoqatli muhlislari uchun imkon darajasida o'ynab berdi. So'ngi yillarda termamiz uchun eng ko'p kadrlar tayyorlab berayotgan klubimizga zafarlab tilab qolamiz! Yaralangan bo'lishiga qaramasdan, hali ham yuqori parvoz qilayotgan «Nasaf» klubu uchun og'ir kunlar hademay ortda qoladi deb umid qilamiz. Biz sen bilanmiz. Olg'a ,Nasaf!
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev