«Seul» Aliboevsiz ketma-ket ikkinchi o'yinda g'alaba qozondi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 467

Janubiy Koreya chempionatining 3-turida «Seul» bugun «Pohang Stilers» mehmoni bo'lib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida seulliklar himoyachisining o'ta qo'pol xatosidan so'ng maydon egalarining germaniyalik legioneri Stanislav Ilyuchenko hisobni ochdi. 35-daqiqada esa mehmonlar futbolchisi Hvan Hyon Su burchakdan etkazilgan uzatmani bosh bilan raqib darvozasiga joyladi. 73-daqiqada Osmar Barba darvoza tomon aniq zarba yo'llagan holda mehmonlarga g'alaba olib keldi.
O'zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboev uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi. U «Seul»ning o'tgan o'yinida ham qatnashmagandi.
Shu tariqa «Seul» mavsumdagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritgan holda, olti ochko bilan 3-o'ringa ko'tarildi. «Pohang Stilers» esa mavsumdagi ilk mag'lubiyatni tan oldi.
Key-Liga, 3-tur
22 may, shanba
«Pohang Stilers» — «Seul» 1:2
Gollar: 1:0 — Ilyuchenko (5), 1:1 — Hvan Hyon Su (35), 1:2 — Barba (73).
???? HIGHLIGHTS | @pohangfc 1-2 @FCSEOUL
???? Hwang Hyun-soo and @osmaribanez each get their first goal of the season to give Seoul the victory. #KLeague | #K리그 | #POHvSEO pic.twitter.com/zvEUWIvHfc

Bosh sahifaga
395